Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazining vazifalari
1. Ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan milliy g'oya targ'iboti, ma'naviy-ma'rifiy ishlarning ustuvor yo'nalishlarini belgilash;
2. sohalar va hududlarning o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, aniq maqsadga yo'naltirilgan targ'ibot-tashviqot dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
3. aholi, ayniqsa, yoshlarni uzluksiz ma'naviy tarbiyalash, dinlararo bag'rikenglik, millatlararo totuvlik va o'zaro mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlashga qaratilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni amalga oshirish;
4. mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, davlat dasturlarining mazmun va mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazishga qaratilgan targ'ibot ishlarini amalga oshirish;
5. keng jamoatchilik, olimlar, mutaxassislar, ijodkor ziyolilardan iborat «Ma'rifat» targ'ibotchilar jamiyati faoliyatini muvofiqlashtirish;
6. dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va g'oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyatini chuqur yoritib borish, terrorizm, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, korrupsiya, odam savdosi, axborot xurujlari, «ommaviy madaniyat»ning salbiy ta'sirlari, narkobiznes va boshqa tahdidlarga qarshi samarali g'oyaviy kurash olib borish;
7. jamiyatimizning barqaror rivojlanishiga to'sqinlik qilayotgan ichki tahdidlar — el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug'-aymoqchilik, oilaviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasiga e'tiborsizlik kabi holatlarga barham berishga qaratilgan targ'ibot tadbirlarini amalga oshirish;
8. milliy g'oyani yurtimizda yashayotgan barcha millat va elatlar, ijtimoiy toifa vakillari o'rtasida keng targ'ib etish, bunyodkorlik ruhini yalpi ijtimoiy harakatga aylantirish, ertangi kunga ishonch tuyg'ularini kuchaytirish;
9. targ'ibot-tashviqot ishlarida aholining ma'naviy ehtiyojlari, hududiy, kasbiy hamda yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda mutanosib, maqsadli va mazmunli yondashuvni joriy etish;
10. vazirlik, idoralar ham hududlarda ma'naviy-ma'rifiy targ'ibot ishlari samaradorligining ilmiy asoslangan monitoringini ta'minlashga qaratilgan sotsiologik tadqiqotlar o'tkazish;
11. yoshlarda sog'lom dunyoqarash, kitobxonlik ko'nikmasini shakllantirish, internet, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanish madaniyatini oshirish, ularda g'oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish;
12. mahallalarda yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy faollashtirishda davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish;
13. xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari va milliy tarbiya an'analarini asrab-avaylash, keng aholi qatlamlari o'rtasida o'zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, shuningdek, jamiyatimizda sog'lom turmush tarzini qaror toptirish bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va joriy etish;
14. ota-ona, oila va mahalla, tarixiy xotira, milliy g'urur, komil inson tarbiyasi bilan bog'liq tuyg'u va tushunchalarni yosh avlod qalbi va ongiga ta'sirchan vositalar orqali singdirish, ajdodlarimizning bu boradagi merosini bugungi taraqqiyot talablari bilan uzviy holda rivojlantirish;
15. televideniye, radio, matbuot, internet imkoniyatlaridan to'la foydalanib, turli mavzu va ko'rinishdagi ijtimoiy reklamalar tayyorlash, zamonamiz qahramonlari — yetakchi, ilg'or fikrli, barchaga o'rnak bo'lgan shaxslarning hayoti va faoliyati bilan ommani tanishtirish;
16. ma'naviy-mafkuraviy jarayonlarni ilmiy asosda o'rganishni, uning diagnostik asoslarini ishlab chiqishni va istiqbollarini belgilashni, targ'ibot ishlarini samarali tashkil qilish, soha xodimlarining malakasini oshirishni amalga oshirish;
17. mamlakatimizda ma'naviy-ma'rifiy ishlarning asosiy yo'nalishlari bo'yicha davlat organlari, nodavlat tashkilotlar va ishchi (ekspert) guruhlarining bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
18. milliy manfaatlarimizga, hayot tarzimizga zid bo'lgan zararli g'oyalar va ma'naviy tahdidlarning mohiyatini aholining turli qatlamlariga ta'sirini o'rganib borish;
19. yoshlarimiz ongiga salbiy ta'sir etuvchi, ularni g'oyaviy jihatdan qaram etishga yo'naltirilgan harakatlarga qarshi samarali kurash olib borish hamda irodali, fidoyi, vatanparvar va o'z mustaqil fikriga ega avlodni tarbiyalash bo'yicha ma'naviy-axloqiy tarbiya dasturlarini ishlab chiqish;
20. ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga doir xorijiy tajribani o'rganish, shuningdek, bugungi mafkuraviy jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish va baholash;
21. maktabgacha ta'lim, umumiy o'rta, o'rta maxsus va oliy ta'lim tizimi, mahalla va boshqa tuzilmalar kesimida ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlarning monitoringini olib borish, aniqlangan muammolarni hal etish bo'yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
22. ma'naviy tarbiya va ijtimoiy-gumanitar fanlar bo'yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni tashkil etish, ularning natijalari amaliyotga tatbiq qilinishini muvofiqlashtirish va boshqalar.