Respublika Maʼnaviyat va Maʼrifat markazining maqsadi — “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” gʻoyasini keng targʻib etib, sogʻlom dunyoqarash va bunyodkorlik ruhini jamiyatda umumxalq harakatiga aylantirishdan iborat. Markaz milliy maʼnaviyatimizning ildizlari, noyob namunalari va zamonaviy taraqqiyotini ilmiy asosda oʻrganib, taʼsirchan va zamonaviy usullarda targʻib qiladi. Aholi, ayniqsa, yoshlar orasida Vatanga muhabbat, islohotlarga daxldorlik, qadriyatlar va anʼanalarimizga hurmatni shakllantirishga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etadi. Shuningdek, ichki va tashqi tahdidlarga qarshi tizimli va samarali tashviqot ishlarini olib boradi.