Millat tafakkuri, jamiyat taraqqiyoti va maʼnaviy yuksalişga xizmat qiladigan muhim muloqot maydoni - Özbekiston ziyolilari kengaşining Jizzax viloyati hududiy yiğilişi öz işini boşladi.

Joriy yilning noyabr oyida mamlakatimizning 14 ta hududida ötkazilişi belgilangan mazkur yiğilişlar ilm-fan, adabiyot, sanʼat, taʼlim va madaniyat vakillarini ezgu maqsadlar atrofida birlaştirib, ziyolilarning jamiyat hayotidagi örni va masʼuliyatini yanada oşirişga qaratilgan.

Jizzaxdagi yiğiliş millatimizning buyuk siymolariga ehtirom körsatişdan boşlandi.

Viloyat ziyolilari özbek adabiyoti va maʼnaviyati rivojiga beqiyos hissa qoşgan atoqli davlat arbobi Şarof Raşidov, zabardast şoir Hamid Olimjon hamda vafo va sadoqat kuychisi Zulfiya haykallari poyiga gulçambarlar qöyib, ularning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.

Yiğiliş davomida Yangi Özbekiston taraqqiyotida ziyolilarning örni, milliy qadriyatlarni asrab-avaylaş, jamiyatda maʼnaviy muhitni yuksaltiriş, ilm-fan, taʼlim, adabiyot va madaniyat rivojiga oid dolzarb masalalar muhokama qilinadi.