Namangan viloyatida “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” mavzusidagi “Ma’rifat karvoni”…


1/9Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti hamda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligida tashkil etiladigan mazkur tadbirlar joriy yilning sentyabr–dekabr oylarida mamlakatimizning barcha hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Seminar davomida targ‘ibotchilar uchun hududlarda ilmiy-ma’rifiy tadbirlarni samarali tashkil etish, auditoriya bilan ishlash, targ‘ibot jarayonida zamonaviy usul va yondashuvlardan foydalanish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Tadbir yakunida targ‘ibotchilar orasidan faol ishtiroki, bilim va ko‘nikmalari hamda amaliy mashg‘ulotlardagi natijalariga ko‘ra 20 nafar targ‘ibotchi saralab olindi. Ularga sertifikatlar topshirildi.
Veb-sayt |Telegram |



