Toshkent viloyatida “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” mavzusidagi “Ma’rifat karvoni”…


1/10Seminar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti hamda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligida tashkil etilmoqda. Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ilgari surilgan strategik g‘oya va tashabbuslarni keng jamoatchilikka yetkazish, yurtimizning kelgusi taraqqiyoti bilan bog‘liq muhim vazifalarni joylarda keng targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan.
Seminarlar davomida hudud aholisi, targ‘ibotchilar va jamoatchilik vakillari bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilayotgan yutuqlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar xususida fikr almashilmoqda. Veb-sayt |Telegram |


