35 yillik taraqqiyot: islohotlar samarasi va yangi marralar


1/5Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tantanali marosimdagi nutqida ilgari surilgan g‘oyalar, yurtimiz taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari va kelgusi vazifalarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Transport vazirligida seminar tashkil etildi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida tashkil etilgan seminarda vazirlik markaziy apparati, hududiy bo‘linmalari, tizimdagi korxona va tashkilotlar rahbar va xodimlari, ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida Prezident nutqida ilgari surilgan asosiy g‘oya va ustuvor vazifalar, jumladan, mamlakat taraqqiyotining yangi bosqichi, uch ming yillik tarixiy ildizlar va Uchinchi Renessans, inson qadri, shuningdek, 35-yillik islohotlarning mazmun-mohiyati va natijalari haqida atroflicha fikr almashildi. Veb-sayt |Telegram |


