Aziz yurtdoshlar va yurtimiz mehmonlari!
17-sentabr, 2026Joriy yilning 19-sentabr kuni “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida “Yoshlar va ekologiya” xalqaro yugurish marafoni, ekologiya va velosport musobaqasi hamda “Green Games” respublika plogging musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Musobaqalar 22-sentabr — Xalqaro avtomobilsiz kun doirasida tashkil etiladi.
Dastur doirasida: Erkaklar o‘rtasida “Salomatlik sari yo‘l” velomarafoni, shuningdek, o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida turli masofalarga xalqaro yugurish marafoni o‘tkaziladi. Musobaqa g‘olib va sovrindorlari elektro skuterlar, elektrosamokatlar hamda velosipedlar bilan taqdirlanadi.
Quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSesGzEfGXPC2UCkaiDfm82iM8kMCuRLE8dS2izP5aKWUo_OEg/viewform Veb-sayt |Telegram |


