Bolalikni boy berish – bu millatning ertasini boy berish demakdir.

Kuni kecha ishdan charchab qaytganimda, qizalog‘im ko‘zlari quvonchdan porlab oldimga yugurib keldi: «Oyijon, oyijon, «Bek va Lola»ning yangi qismi chiqibdi, rosa zo‘r ekan, qo‘yib beraymi?» Men esa horg‘inlik bilan, «Hozir uy ishlarini tugatay, keyin ko‘ramiz, endi ishdan keldim-ku», dedim. Shu lahzada uning ma’sum ko‘zlaridagi uchqun darrov so‘nib, nigohida mahzunlik sezildi.
Bu nigoh qalbimni teshib yubordi. Hamma narsani yig‘ishtirib, kompyuter qarshisiga o‘tirdim.
Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti katta ilmiy xodimi Nigora Husanovaning xabar.uz saytida "O‘zi uchar gilamlardan ekranlar qa’rigacha..." nomli tahliliy maqolasi e'lon qilindi. Veb-sayt |Telegram |

