“Milliy qadriyatlarga asoslangan davlat xizmati”


1/10Joriy yilning 15–17-sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi markaziy apparati xodimlari uchun “Milliy qadriyatlarga asoslangan davlat xizmati” loyihasi doirasida seminar-treninglar bo‘lib o‘tdi. Davlat xizmatining chinakam samaradorligi uning o‘z xalqi tarixi, madaniyati va milliy qadriyatlari bilan qanchalik uyg‘unligiga bog‘liq.
Shu ma’noda, milliy qadriyatlarga asoslangan davlat xizmati tizimini shakllantirish xalq bilan davlat o‘rtasidagi ishonch ko‘prigini mustahkamlovchi muhim omil hisoblanadi. Ana shu maqsadda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan loyiha doirasida qator vazirlik va idoralarda davlat xizmatchilari uchun maxsus dastur asosida seminar-treninglar tashkil etilmoqda.
Veb-sayt |Telegram |


