🇺🇿Andijon viloyatida “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” mavzusida “Maʼrifat karvoni” ilmiy-maʼrifiy seminarlari boʻlib oʻtdi.
Mazkur loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida ilgari surilgan strategik gʻoya va tashabbuslarni keng jamoatchilikka yetkazish, kelgusi taraqqiyotning ustuvor vazifalarini joylarda manzilli targʻib qilish maqsadida tashkil etildi.
Seminar davomida tuman va shaharlarda loyihani tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha targʻibotchilarga maxsus metodik koʻrsatmalar berilib, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni aholi va yoshlarning ehtiyojlaridan kelib chiqib tashkil etish boʻyicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi. Shuningdek, har bir tuman va shahardan 40 nafardan targʻibotchi orasidan eng faol 20 nafari saralab olindi.
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram