🇺🇿Andijon viloyatida “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz”  mavzusida “Ma’rifat karvoni” ilmiy-ma’rifiy seminarlari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ilgari surilgan strategik g‘oya va tashabbuslarni keng jamoatchilikka yetkazish, kelgusi taraqqiyotning ustuvor vazifalarini joylarda manzilli targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi.

Seminar davomida tuman va shaharlarda loyihani tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha targ‘ibotchilarga maxsus metodik ko‘rsatmalar berilib, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni aholi va yoshlarning ehtiyojlaridan kelib chiqib tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi. Shuningdek, har bir tuman va shahardan 40 nafardan targ‘ibotchi orasidan eng faol 20 nafari saralab olindi. 

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram