Ayni paytda “Mustaqillikning 35 yilligi: milliy maʼnaviy taraqqiyot natijalari va maʼrifat targʻibotining ilmiy-metodik masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtmoqda.
Mamlakatimizning taniqli akademiklari, fan doktorlari, professorlar va ilmiy tadqiqotchilarni bir muloqot platformasiga jam qilgan ushbu keng qamrovli tadbirda maʼnaviy xavfsizlikni taʼminlash, maʼnaviy-maʼrifiy targʻibotda sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish, milliy kontentni rivojlantirish, yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va Uchinchi Renessans gʻoyalarini targʻib qilish kabi muhim masalalar yuzasidan fikr almashilmoqda.
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram