Ayni paytda “Mustaqillikning 35 yilligi: milliy ma’naviy taraqqiyot natijalari va ma’rifat targ‘ibotining ilmiy-metodik masalalari”  mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Mamlakatimizning taniqli akademiklari, fan doktorlari, professorlar va ilmiy tadqiqotchilarni bir muloqot platformasiga jam qilgan ushbu keng qamrovli tadbirda ma’naviy xavfsizlikni ta’minlash, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish, milliy kontentni rivojlantirish, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va Uchinchi Renessans g‘oyalarini targ‘ib qilish kabi muhim masalalar yuzasidan fikr almashilmoqda.

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram