Aziz va qadrli ustozlar!
Sizlarni O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!
Siz bergan saboq - kelajakka qo‘yilgan poydevor.
Siz o‘rgatgan bilim - hayot yo‘limizdagi nur.
Sabringiz, mehringiz va duolaringiz esa bizga doimo kuch va ishonch bag‘ishlaydi.
Bugun erishgan har bir yutug‘imizda sizlarning mehnatingiz, ishonchingiz va mehringiz bor.
Aziz ustozlar, sizlarga mustahkam sog‘lik, qalb xotirjamligi va shogirdlaringiz kamolidan cheksiz quvonch tilaymiz!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram