Aziz va qadrli ustozlar!

Sizlarni Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

Siz bergan saboq - kelajakka qoʻyilgan poydevor.

Siz oʻrgatgan bilim - hayot yoʻlimizdagi nur.

Sabringiz, mehringiz va duolaringiz esa bizga doimo kuch va ishonch bagʻishlaydi.

Bugun erishgan har bir yutugʻimizda sizlarning mehnatingiz, ishonchingiz va mehringiz bor.

Aziz ustozlar, sizlarga mustahkam sogʻlik, qalb xotirjamligi va shogirdlaringiz kamolidan cheksiz quvonch tilaymiz!

Bayramingiz muborak boʻlsin!

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram