🇺🇿🇹🇷“Bir ildiz, bir maʼrifat: Oʻzbekiston – Turkiya doʻstlik koʻprigi” Oʻzbekiston – Turkiya olimlari va ziyolilari forumi doirasida
Bir dasturxon — ikki qardosh xalq
Ayni paytda Turkiyaning Xatay shahridagi “Ovokent” mahallasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Bir dasturxon — ikki qardosh xalq” loyihasi doirasida 300 nafar qardoshlarimiz uchun oʻzbek milliy taomi — osh tayyorlandi.
Mazkur tadbir ikki qardosh xalq oʻrtasidagi doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, xalqlarimizga xos mushtarak milliy-madaniy qadriyatlarni keng targʻib etishga xizmat qiladi.