🇺🇿🇹🇷“Bir ildiz, bir ma’rifat: O‘zbekiston – Turkiya do‘stlik ko‘prigi” O‘zbekiston – Turkiya olimlari va ziyolilari forumi doirasida
Bir dasturxon — ikki qardosh xalq
Ayni paytda Turkiyaning Xatay shahridagi “Ovokent” mahallasida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Bir dasturxon — ikki qardosh xalq” loyihasi doirasida 300 nafar qardoshlarimiz uchun o‘zbek milliy taomi — osh tayyorlandi.
Mazkur tadbir ikki qardosh xalq o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, xalqlarimizga xos mushtarak milliy-madaniy qadriyatlarni keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.