“Birlashib, buyuk tarix yaratamiz!” gʻoyasi asosida seminar oʻtkazildi.

Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari ishtirokida tashkil etilgan seminarda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning tantanali marosimdagi nutqida ilgari surilgan ezgu gʻoya va tashabbuslarning mazmun-mohiyatiga alohida eʼtibor qaratildi.

Tadbirda soʻnggi 10 yil davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, xalqimiz farovonligini taʼminlash borasidagi ulkan oʻzgarishlar haqida atroflicha toʻxtalib oʻtildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasini rivojlantirishga qaratilgan Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan 80 ga yaqin farmon va qarorlarning mazmun-mohiyati, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar alohida taʼkidlandi.

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram