“Birlashib, buyuk tarix yaratamiz!” g‘oyasi asosida seminar o‘tkazildi.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirokida tashkil etilgan seminarda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning tantanali marosimdagi nutqida ilgari surilgan ezgu g‘oya va tashabbuslarning mazmun-mohiyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbirda so‘nggi 10 yil davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, xalqimiz farovonligini ta’minlash borasidagi ulkan o‘zgarishlar haqida atroflicha to‘xtalib o‘tildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasini rivojlantirishga qaratilgan Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan 80 ga yaqin farmon va qarorlarning mazmun-mohiyati, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar alohida ta’kidlandi.

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram