BIRLASHIB, BUYUK TARIX YARATAMIZ!

Bugun Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazida ziyolilar, olimlar va maʼnaviyat targʻibotchilari bir maqsad yoʻlida jam boʻldi.

“Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” mavzusidagi “Maʼrifat karvoni” ilmiy-maʼrifiy loyihasiga start berildi.

Asosiy maqsad — Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida belgilangan strategik vazifalarni aholiga sodda, xalqchil va hayotiy misollar asosida yetkazish, ilgari surilgan gʻoya va tashabbuslarni zamonaviy yondashuvlar asosida keng targʻib qilish.

Bugungi seminar-trening — katta maʼrifiy harakatning boshlanishi.

Seminarda trenerlar guruhlari shakllantirilmoqda.

Keyin esa ular — hududlarga yoʻl oladi.

 

Maqsadli muloqotlar:

— davlat xizmatchilari bilan;

— mahalla faollari bilan;

— hojilar va oqila ayollar bilan;

— nuroniylar va pedagoglar bilan;

— yoshlar bilan;

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram