BIRLASHIB, BUYUK TARIX YARATAMIZ!
Bugun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida ziyolilar, olimlar va ma’naviyat targ‘ibotchilari bir maqsad yo‘lida jam bo‘ldi.
“Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” mavzusidagi “Ma’rifat karvoni” ilmiy-ma’rifiy loyihasiga start berildi.
Asosiy maqsad — Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida belgilangan strategik vazifalarni aholiga sodda, xalqchil va hayotiy misollar asosida yetkazish, ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarni zamonaviy yondashuvlar asosida keng targ‘ib qilish.
Bugungi seminar-trening — katta ma’rifiy harakatning boshlanishi.
Seminarda trenerlar guruhlari shakllantirilmoqda.
Keyin esa ular — hududlarga yo‘l oladi.
Maqsadli muloqotlar:
— davlat xizmatchilari bilan;
— mahalla faollari bilan;
— hojilar va oqila ayollar bilan;
— nuroniylar va pedagoglar bilan;
— yoshlar bilan;
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram