“Biz jadidchilik harakati, maʼrifatparvar bobolarimiz merosini chuqur oʻrganishimiz kerak. Bu maʼnaviy xazinani qancha koʻp oʻrgansak, bugungi kunda ham bizni tashvishga solayotgan juda koʻp savollarga toʻgʻri javob topamiz. Bu bebaho boylikni qancha faol targʻib etsak, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz bugungi tinch va erkin hayotning qadrini anglab yetadi” — Shavkat Mirziyoyev.
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti boʻlim boshligʻi, tarixchi olim, «Doʻstlik» ordeni sohibi Boʻri Qodirov tomonidan jadidchilik harakatining 8 nafar taniqli namoyandasi hayoti, faoliyati va maʼrifat yoʻlidagi xizmatlariga bagʻishlangan risolalar turkumi tayyorlandi.
Mazkur risolalar «Maʼnaviyat» nashriyotida chop etilib, jadidlar merosini oʻrganish, ularning millat va maʼrifat taraqqiyoti yoʻlidagi saʼy-harakatlarini keng targʻib etishga xizmat qiladigan qimmatli manbalardan biriga aylanadi.
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram