“Biz jadidchilik harakati, ma’rifatparvar bobolarimiz merosini chuqur o‘rganishimiz kerak. Bu ma’naviy xazinani qancha ko‘p o‘rgansak, bugungi kunda ham bizni tashvishga solayotgan juda ko‘p savollarga to‘g‘ri javob topamiz. Bu bebaho boylikni qancha faol targ‘ib etsak, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz bugungi tinch va erkin hayotning qadrini anglab yetadi” — Shavkat Mirziyoyev.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti bo‘lim boshlig‘i, tarixchi olim, «Do‘stlik» ordeni sohibi Bo‘ri Qodirov tomonidan jadidchilik harakatining 8 nafar taniqli namoyandasi hayoti, faoliyati va ma’rifat yo‘lidagi xizmatlariga bag‘ishlangan risolalar turkumi tayyorlandi.
Mazkur risolalar «Ma’naviyat» nashriyotida chop etilib, jadidlar merosini o‘rganish, ularning millat va ma’rifat taraqqiyoti yo‘lidagi sa’y-harakatlarini keng targ‘ib etishga xizmat qiladigan qimmatli manbalardan biriga aylanadi.
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram