“Biznesni boshlash”dan “kapitalni koʻpaytirish” sari

"Bugun tadbirkorlarimiz “biznesni boshlash” bosqichidan “kapitalni koʻpaytirish” bosqichiga oʻtyapti, - dedi Prezident.

Soʻnggi besh yilda korxonalarning asosiy kapitalga investitsiyalari 3 karra oshib, 363 trillion soʻmga yetdi.

Sanoati 100 million dollardan oshgan tumanlar 66 tadan 116 taga, xizmatlar hajmi 1 trillion soʻmdan oshgan tumanlar esa 41 tadan 152 taga yetdi.

Xalqaro marketpleyslar bilan ishlayotgan 3,5 mingdan ortiq korxona, yuzlab filialga ega tadbirkorlar va 300 dan ziyod milliy brendlar shakllandi.

Elektrotexnika, farmatsevtika, toʻqimachilik, elektromobil, “yashil” energetika kabi yangi yoʻnalishlar jadal rivojlanmoqda.