“Biznesni boshlash”dan “kapitalni ko‘paytirish” sari
"Bugun tadbirkorlarimiz “biznesni boshlash” bosqichidan “kapitalni ko‘paytirish” bosqichiga o‘tyapti, - dedi Prezident.
So‘nggi besh yilda korxonalarning asosiy kapitalga investitsiyalari 3 karra oshib, 363 trillion so‘mga yetdi.
Sanoati 100 million dollardan oshgan tumanlar 66 tadan 116 taga, xizmatlar hajmi 1 trillion so‘mdan oshgan tumanlar esa 41 tadan 152 taga yetdi.
Xalqaro marketpleyslar bilan ishlayotgan 3,5 mingdan ortiq korxona, yuzlab filialga ega tadbirkorlar va 300 dan ziyod milliy brendlar shakllandi.
Elektrotexnika, farmatsevtika, to‘qimachilik, elektromobil, “yashil” energetika kabi yangi yo‘nalishlar jadal rivojlanmoqda.