“Bolalarga, ayniqsa ularning ilk yillarida investitsiya kiritishdan yaxshiroq sarmoya yo‘q.” Naji Benxasin
21-22-oktyabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan “Bolalar farovonligiga investitsiya: Kelajak avlodlar barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo‘l” Jahon sammiti oldidan Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori Naji Benxasin bolalar rivojiga investitsiya kiritishning uzoq muddatli ahamiyati haqida fikr bildirdi.
Uning ta’kidlashicha, bolalikning ilk davrlarida — hatto homiladorlik davridan boshlab — to‘g‘ri ovqatlanish, qulay muhit, gigiyena va rivojlantiruvchi sharoitlarni ta’minlash bolaning butun hayotiga ta’sir ko‘rsatadi.
Shuningdek, u O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim qamrovi 30 foizdan 75 foizgacha oshganini muhim yutuq sifatida qayd etdi hamda oilalar va bolalarga xizmat ko‘rsatishga qaratilgan tizimni takomillashtirishda Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan hamkorlik muhimligini ta’kidladi.
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram