“Bolalarga, ayniqsa ularning ilk yillarida investitsiya kiritishdan yaxshiroq sarmoya yoʻq.” Naji Benxasin
21-22-oktyabr kunlari Samarqandda boʻlib oʻtadigan “Bolalar farovonligiga investitsiya: Kelajak avlodlar barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yoʻl” Jahon sammiti oldidan Jahon bankining Markaziy Osiyo boʻyicha direktori Naji Benxasin bolalar rivojiga investitsiya kiritishning uzoq muddatli ahamiyati haqida fikr bildirdi.
Uning taʼkidlashicha, bolalikning ilk davrlarida — hatto homiladorlik davridan boshlab — toʻgʻri ovqatlanish, qulay muhit, gigiyena va rivojlantiruvchi sharoitlarni taʼminlash bolaning butun hayotiga taʼsir koʻrsatadi.
Shuningdek, u Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlim qamrovi 30 foizdan 75 foizgacha oshganini muhim yutuq sifatida qayd etdi hamda oilalar va bolalarga xizmat koʻrsatishga qaratilgan tizimni takomillashtirishda Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan hamkorlik muhimligini taʼkidladi.
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram