#munosabat
Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish — insoniylik va adolatning yuksak ifodasi
Oʻzbekiston Respublikasining “Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonuni mamlakatimizda bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni yanada kuchaytirish yoʻlidagi muhim qadamlardan biridir.
Zero, bola — millati, dini, tili, irqi, kelib chiqishi va ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, eʼzozga, mehr-muhabbatga, gʻamxoʻrlikka va himoyaga munosib boʻlgan bebaho insondir. Yer yuzidagi barcha bolalarga oʻz farzandimizdek munosabatda boʻlishimiz, ularning qalbini asrashimiz, huquq va erkinliklarini himoya qilishimiz, or-nomusi va qadr-qimmatini eʼzozlashimiz barchamizning insoniylik burchimizdir.
Rasmiy sahifalarimiz👇
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram