Oʻzbek tili turli lahja, sheva va dialektlardan tashkil topgan. Adabiy tilda qoʻllanuvchi soʻzlar shevalarda boshqacha variantda ishlatilishi mumkin. Yoki tilimizda yoʻqolib ketayotgan baʼzi soʻz va qoʻshimchalar shevalarimizda barqaror ishlatilayotgan boʻladi. Bu oʻrinda tilshunoslar shunday leksik birliklarni chuqur oʻrganishi, adabiy til doirasida tahlil qilishi va keng ommaga taqdim etishi mumkin. Shundagina olinma soʻzlarning baʼzilarini oʻz tilimizdagi ekvivalenti bilan almashtira olish mumkin. Avvalo, sheva, lahja, dialekt atamalarining oʻxshash va farqli jihatlarini sanab oʻtamiz.
Shеva – biror tilning oʻziga xos fonеtik, lеksik, grammatik xususiyatlariga ega boʻlgan kichik qismi (oraliq sheva, shevalar guruhi degan terminlar ham bor)
Lahja – shevaning fonеtik, lеksik, soʻz yasalishi hamda grammatik xususiyatlarini maʼlum bir tizim asosida oʻzida birlashtirgan shеvalar yigʻindisi. Ayni vaqtda tilimizda uchta lahja bor: 1) qarluq lahjasi, 2) qipchoq lahjasi 3) oʻgʻuz lahjasi. Ularning nomlanishi turkiy urug‘-qabilalar nomidan shakllangan. Lahja soʻzi arab tilidan oʻzlashgan soʻz boʻlib, tarz, ravish, yoʻsin singari maʼnolarni bildiradi.
Dialеkt atamasi – dialеktologik adabiyotlarda lahja, shеva maʼnolarida ham ishlatiladi. Hoziri kunda esa u umumlingvistik dialеkt atamasi maʼnosida ishlatilmoqda. Dialеkt atamasi grеk tilidan oʻzlashgan soʻz boʻlib, professor V.V.Rеshеtov bu atamani oʻz tadqiqotlarida shеvalar guruhi maʼnosida qoʻllagan. Mazkur atama bu fanga oid rus tilidagi ilmiy hamda ilmiy metodik adabiyotlarda ham uchraydi.
Oʻzbek tili shevashunosligi V.V.Rеshеtov, F.Abdullayеv, Sh.Shoabdurahmonov, A.Aliyеv, B.Joʻrayеv, X.Doniyorov, Y.Gʻulomov, Y.Jumanazarov, A.Ishayev, D.Abdurahmonov, N.Rajabov, Q.Muhammadjonov, N.Shoimova kabi dialеktolog olimlar tomonidan chuqur oʻrganib tahlil etilgan. Oʻzbek dialektologiyasi geografiya fani bilan uzviy aloqador, yaʼni, har bir sheva haqida maʼlumot toʻplanganda, shu sheva vakillari joylashgan territoriyaning koʻlami, aholining miqdori, shu territoriya iqlimi va boshqa maʼlumotlar ham toʻplanadi, yaʼni geografik muhiti ham yoritiladi. Shuningdek, oʻzbek dialektologiyasi oʻzbek xalqi tarixi, adabiyoti, etnografiyasi, sanʼati fanlarining maʼlumotlariga ham tayanadi va ular uchun boy material beradi(4). Shuningdek, areologiya ham dialektologiyaning bir tarmogʻi sanalib, bevosita geografiya fani bilan mushtarak sohalardandir. Dialektologiyaning oʻrganish obyekti shevaga oid soʻzlar boʻlsa, areologiya fani esa shevaga oid soʻzlarni hududiy jihatdan, geografik xususiyatiga koʻra tahlil qilishdan iboratdir.
Shеvalar har bir xalqning umumiy milliy tili tarkibiga kiradi, lеkin ular shu milliy adabiy tildan oʻzining fonеtik, lеksik va grammatik xususiyatlari bilan farqlanadi. Dеmak, shеva milliy adabiy tilning bir tarmogʻi sanaladi. Oʻzbek adabiy tili murakkab tarixiy jarayonda tashkil topgan. Eski oʻzbek tilida yozilgan asarlar umumxalq oʻzbek tilida yozilgan boʻlib, ularda turli mahalliy shеvalarning xususiyatlari aks etgan edi. Masalan: bir asarda yaqin soʻzi uchrasa, ikkinchi asarda esa shu maʼnoda yovuq soʻzi uchraydi.
Dеmak, sheva(lar)ga xos boʻlgan soʻzlarda ham maʼnoviy oʻzgarishlar boʻlib turadi. Adabiy tilning orfoepik qoidalari hamma shevalar uchun umumiy boʻlgan bir xil talaffuz meʼyorlarini hosil qiladi. Xuddi shuningdek, adabiy tilning orfografik qoidalari shevalarimiz uchun soʻzlarni toʻgʻri yozish meʼyorlarini amaliy jihatdan kuchaytirishga yordam beradi. Maqolada tahlil uchun Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani Javogʻi qishlogʻi aholisining ogʻzaki soʻzlashuv uslubida ishlatadigan soʻzlari tanlandi. Oʻrganilgan soʻzlar adabiy tilda nisbatan kam qoʻllaniladi yoki umuman qoʻllanilmasligi kuzatildi. Misol uchun: beqiliq, boyna, boynagi, chinaqay, doʻqalash, gʻujurli, gajir, girillak, glagay, hayat, itirqim, kaypang, olashaqshaq, pidana, pinna, pori, qoʻtan, sergimoq, shapshak, shoʻtanoq, shoʻttak, siyirmoq, soʻnarmoq, sonsiz, taypish, timirskilanib, tuyatoppon.
Ayrim feʼllarning talaffuzida esa farqlar kuzatiladi. Chunonchi, shunday qilib-shuytib deb aytiladi. Yana shunday otlar borki, aytilishida ozgina tafovut seziladi: supurgi-shivitki, lovlovi-lavlagi kabi. Shuningdek, yana ayrim soʻzlar xalq tiliga boshqa tildan oʻzlashgan va shu tildagi soʻzdan foydalanadi. Qishloq aholisi bundan ellik-oltmish yil avval turli joylardan koʻchib kelishgani bois bu yerda yashovchi kishilar talaffuzida ham turfalikni uchratish mumkin. Keyingi davrlarda boshqa hududdan qiz olib, qiz uzatish koʻpaygani bois yosh bolalar nutqida turli shevalarga xos soʻzlarni uchratishimiz mumkin. Bu bevosita onalar nutqi bilan bogʻliqdir.
Quyida biz ushbu so‘zlarni va ularning adabiy tilimizdagi izohini berib o‘tamiz (tahlilda tilshunos Shavkat Rahmatullayev tomonidan tuzilgan “O‘zbek tilining etimologik lug‘ati” ga murojaat qilindi. Tahlil davomida e’tibordan chetda qoldirilgan ayrim so‘zlarning jadvali tuzildi). Ba’zi so‘zlar haqiqatdan ham yuqorida tilga olingan qishloq aholisining doimiy kundalik so‘zlashuvida ishlatilib kelinmoqda. Savdo-sotiq, bordi-keldi va to‘y-marosimlardagi yaqinlik sabab Javog‘i qishlog‘i odamlarining shevasi Yakkabog‘ tumanidagi boshqa qishloqlar, jumladan, Sovuqbuloq, Qasnoq, Tezob, G‘ozliq, Qo‘tontepa va Chiroqchi tumanidagi O‘ymovut qishlog‘i odamlarining shevalarida ham uchraydi.
Bu o‘rinda Qashqadaryoning qipchoq lahjasida bo‘lgan “J”lashishga oid so‘zlar tahlilga tortilmadi. Qolaversa, voha tilidagi so‘z so‘ngida keluvchi “G‘” undoshining “V” kabi talaffuz etilishini ham, so‘z oxiridagi “Q”, “K” undoshlarining tushirib qoldirilishini ham yozish ma’qul topilmadi. Tadqiqotda, asosan, adabiy tildagi so‘zlarning shevada boshqacha aytilishi yoki yondosh so‘zga yaqin talaffuz etilishi tahlil qilindi. Umuman olganda, hozirgi o‘zbek adabiy tiliga xorijiy so‘zlarning ko‘plab olinishi yoki ba’zi qo‘shimchalarning tilimizdan yo‘qolib borayotgani tufayli ularning o‘rnini chekka hududlardagi o‘zbek shevalari orqali to‘ldirish, muqobil variantini aniqlash lozimdir. Zotan, ushbu izlanish milliy tilning ravnaqi va naqadar boy ekanligi belgilashga xizmat qiladi.
Fonetik jihatdan farqlanuvchi soʻzlar
|
Shevadagi soʻz |
Adabiy tildagi variant |
Izohi (Oʻxshash va farqli jihatlari) |
Soʻz turkumi |
|
Belqars |
Belbog‘ |
Qoʻshma soʻzning ikkinchi qismidagi soʻzda oʻzgarish yuz bergan. |
Ot |
|
Billa |
Birga |
Tovush oʻzgargan. |
Olmosh |
|
Birich |
Guruch |
Tovush oʻzgargan. |
Ot |
|
Boshmardoq |
Boshbarmoq |
Tovush oʻzgargan. |
Ot |
|
Buva |
Bobo |
Tovush oʻzgargan. |
Ot |
|
Buytib, betib |
Bunday qilib |
Tovush oʻzgargan. |
Feʼl |
|
Byaqda |
Bu yoqda |
Tovush oʻzgargan. |
Ot |
|
Byarda |
Bu yerda |
Tovush oʻzgargan. |
Ot |
|
Chuchchi |
Chuchuk, shirin |
Tovush tushishi va tovush ortishi roʻy bergan. |
Sifat |
|
Chapcha |
Sapcha; Qovunning kattaroq tugunagi, hali pishmagan mayda qovun |
Tovush oʻzgargan. |
Ot |
|
Dostiq |
Yostiq, bolish |
Tovush oʻzgargan. |
Ot |
|
Dumaloq |
Yumaloq |
Tovush oʻzgargan. |
Sifat |
|
Doʻppi |
Toʻp |
Tovush oʻzgarishi va ortishi yuz bergan. |
Ot |
|
Duvol |
Devor |
Tovush oʻzgargan. |
Ot |
|
Elanish |
Yalinish |
Tovush tushishi va tovush oʻzgarishi yuz bergan. |
Feʼl |
|
Ena |
Ona, oyi |
Tovush oʻzgargan. |
Ot |
|
Eyaqda |
U yoqda |
Tovush oʻzgargan. |
Ot |
|
Eyarda |
U yerda |
Tovush oʻzgargan. |
Ot |
|
Gittak |
Qittak, Ozgina |
Tovush oʻzgargan. |
Sifat |
|
Hi |
Ha |
Tovush oʻzgargan. |
Modal soʻz |
|
Iyarib |
Ergashib |
Tovush oʻzgargan. |
Feʼl |
|
Koʻppala, koʻppalavola |
Koʻp, bir talay |
Tovush ortishi yuz bergan. |
Ravish |
|
Koʻcha osh |
Goʻja osh |
Tovush oʻzgargan. |
Ot |
|
Lovlovi |
Lavlagi |
Tovush oʻzgargan. |
Ot |
|
Makkai |
Makkajoʻxori |
Tovush tushishi yuz bergan. |
Ot |
|
Meylov |
Moʻylab |
Tovush oʻzgargan. |
Ot |
|
Navoda |
Mobodo, bordi-yu |
Tovush oʻzgargan. |
Bogʻlovchi |
|
Oya |
Ona |
Tovush oʻzgargan. |
Ot |
|
Pichchi |
Picha |
Tovush oʻzgarishi va ortishi yuz bergan. |
Sifat, ravish |
|
Shashov |
Shoshqaloq |
Tovush tushishi yuz bergan. |
Sifat |
|
Shirvunich |
Shirguruch |
Tovush oʻzgargan. |
Ot |
|
Shirchoy |
Sutchoy |
Qoʻshma soʻzning birinchi qismidagi soʻz boshqasi bilan almashgan. |
Ot |
|
Shivitki |
Supurgi |
Tovush oʻzgargan. |
Ot |
|
Shoʻtanaq (shoʻtanoq) |
Shoʻx– shaddod |
Tovush ortgan. |
Sifat |
|
Shoʻttak |
Nordon, shoʻr (shoʻrdak), |
Tovush oʻzgargan. |
Sifat |
|
Shuytib, shetib |
Shunday qilib |
Tovush oʻzgargan. |
Feʼl |
|
Shyaqda |
Shu yoqda |
Tovush oʻzgargan. |
Ot |
|
Shyarda |
Shu yerda |
Tovush oʻzgargan. |
Ot |
|
Tuva, teva |
Tepa, tepalik |
Tovush oʻzgargan. |
Ot |
|
Ul |
Oʻgʻil |
Tovush tushgan. |
Ot |
|
Uytib, etib |
Unday qilib |
Tovush oʻzgargan. |
Feʼl |
`
Morfologik jihatdan farqlanuvchi soʻzlar
|
Shevadagi soʻz |
Adabiy tildagi variant |
Graditsional shakli |
Soʻz turkumi |
|
Ajriq |
Chim |
Neytral soʻz |
Ot |
|
Alqindi |
Ishlatilgan sovun, sovun boʻlagi |
Salbiy |
Ot |
|
Alagʻda boʻlmoq |
Xavotir olmoq |
Salbiy |
Ibora |
|
Arimoq |
Ketmoq, daf boʻlmoq |
Ijobiy |
Feʼl |
|
Argʻamchi |
Ingichka arqon.*[1][1] |
Tabu va yevfimizm doirasida ilonni anglatgani uchun salbiy maʼnoda ishlatiladi. |
Ot |
|
Avramoq |
Ishontirish, koʻndirish* |
Ijobiy |
Feʼl |
|
Aya |
Ona |
Neytral soʻz |
Ot |
|
Bayavoy |
Bahaybat, gavdali |
Ijobiy |
Sifat |
|
Bachcha |
Bola |
Neytral soʻz |
Ot |
|
Bepallaki |
Oʻylamay gapiradigan |
Salbiy |
Sifat |
|
Beqiliq |
Shum |
Salbiy |
Sifat |
|
Biyi |
Qaynona |
Neytral soʻz |
Ot |
|
Bodi |
Olifta |
Salbiy |
Sifat |
|
Boyna |
Biroz avval |
Neytral soʻz |
Ravish |
|
Boynagi |
Haligi |
Neytral soʻz |
Sifat |
|
Bultur |
Oʻtgan yili |
Neytral soʻz |
Ravish |
|
Boʻla |
Amakivachcha, ammavachcha, xolavachcha, togʻavachcha |
Neytral soʻz |
Ot |
|
Boʻxcha |
Kiyim-kechak oʻralgan tugun* |
Neytral soʻz |
Ot |
|
Chakki |
Suzma |
Neytral soʻz |
Ot |
|
Chaqqon |
Yengil, yupun |
Neytral soʻz |
Sifat |
|
Chayla |
Kapa |
Neytral soʻz |
Ot |
|
Checha |
Yanga |
Neytral soʻz |
Ot |
|
Chechan |
Soʻzamol |
Ijobiy |
Sifat |
|
Chikin(a) |
Oʻxshab (Undaychikin-unga oʻxshab) |
Salbiy |
Koʻmakchi |
|
Chin |
Rost |
Neytral soʻz |
Sifat |
|
Chinchinaki |
Haqiqiy |
Ijobiy |
Sifat |
|
Chinaqay |
Jimjiloq |
Neytral soʻz |
Ot |
|
Darmayit |
Boqimanda |
Salbiy |
Sifat |
|
Doʻng |
Tepa |
Neytral soʻz |
Sifat |
|
Doʻnglik |
Tepalik |
Neytral soʻz |
Ot |
|
Doʻqalash |
Qoʻzgʻash, aralashtirish |
Salbiy |
Feʼl |
|
Doritmoq |
Yaqinlashtirmoq |
Salbiy |
Feʼl |
|
Dovur |
-gacha |
Neytral soʻz |
Ravishdosh |
|
Dovruppa |
Nahotki, boʻlishi mumkinmas |
Salbiy |
Modal soʻz |
|
Emchi |
Tabib |
Neytral soʻz |
Ot |
|
Ertachi |
Barvaqt, vaqtli |
Neytral soʻz |
Ravish |
|
Gʻujurli |
Tadbirli |
Ijobiy |
Sifat |
|
Gajir |
Janjalkash |
Ijobiy |
Sifat |
|
Girillak |
Aylana |
Neytral soʻz |
Sifat |
|
Glagay |
Yangi tuqqan sigirning suti |
Neytral soʻz |
Ot |
|
Govxona |
Molxona |
Neytral soʻz |
Ot |
|
Gurri |
Urishqoq |
Salbiy |
Sifat |
|
Gurung |
Suhbat |
Neytral soʻz |
Ot |
|
Havo |
Yomgʻir, yogʻin |
Neytral soʻz |
Ot |
|
Hachcha |
Tirgak |
Neytral soʻz |
Ot |
|
Halinchak |
Argʻimchoq |
Neytral soʻz |
Ot |
|
Hayat |
Toʻr, adoq, hovlining toʻri |
Neytral soʻz |
Ot |
|
Hayiqmoq |
Qoʻrqmoq, hadiksiramoq |
Salbiy |
Feʼl |
|
Hiyla |
Ana |
Neytral soʻz |
Olmosh |
|
Hiyyi |
Ha, albatta |
Salbiy |
Modal soʻz |
|
I-i |
Yoʻq |
Salbiy |
Modal soʻz |
|
Ilashmoq |
Zich boʻlmagan holda yopishmoq, tegmoq* |
Neytral soʻz |
Feʼl |
|
Iring |
Injiq qaysar |
Salbiy |
Sifat |
|
Itirqim |
Koʻp, sanoqsiz |
Salbiy |
Ravish |
|
Janqovul |
“J” bilan gapiruvchilar |
Salbiy |
Ot |
|
Jittilamoq |
Qilpillab oʻzini koʻrsatmoq |
Salbiy |
Feʼl |
|
Jomaykor |
Ish kiyimi |
Neytral soʻz |
Ot |
|
Juvona |
Hoʻkiz |
Neytral soʻz |
Ot |
|
Kakkillamoq |
Sharaqlab kulmoq |
Salbiy |
Feʼl |
|
Kamitir |
Oqsoqol |
Neytral soʻz |
Ot |
|
Kaypang |
Oxirini oʻylamaydigan kishi, oʻylamay shoshib qaror qabul qiluvchi |
Salbiy |
Sifat |
|
Kayvoni |
Yoshi ulug‘ bilgich |
Neytral soʻz |
Ot |
|
Kuchuk |
It |
Neytral soʻz |
Ot |
|
Kuttacha |
Nimcha, jaket |
Neytral soʻz |
Ot |
|
Lahat |
Qabr |
Salbiy |
Ot |
|
Laxcha-toʻppa |
Xamirli ovqatning bir turi |
Neytral soʻz |
Ot |
|
Loʻla |
Katta bolish |
Neytral soʻz |
Ot |
|
Loʻx |
Qamishning boshqacha turi |
Neytral soʻz |
Ot |
|
Mayak |
Tuxum |
Neytral soʻz |
Ot |
|
Mashak |
Qunduz, ondatra |
Neytral soʻz |
Ot |
|
Moʻrcha |
Chumoli, qumursqa |
Neytral soʻz |
Ot |
|
Moma |
Buvi |
Neytral soʻz |
Ot |
|
Moy |
Yog‘ |
Neytral soʻz |
Ot |
|
Murdashov |
Yuvgʻich |
Ot |
|
|
Muyum |
Narsa, buyum |
Neytral soʻz |
Ot |
|
Naynov |
Boʻlar-boʻlmasga aljiraydigan |
Salbiy |
Sifat |
|
Naqiris |
Xasis, ziqna |
Salbiy |
Sifat |
|
Oʻlamsa |
Nozik, kasalvand |
Salbiy |
Sifat |
|
Obtova |
Qumgʻon |
Neytral soʻz |
Ot |
|
Olashaqshaq |
Hakka |
Neytral soʻz |
Ot |
|
Pandiyat |
Saboq, dars, xulosa |
Neytral soʻz |
Ot |
|
Paqir |
Chelak |
Neytral soʻz |
Ot |
|
Pasil (Bir pasil) |
Bir oz, bir dam |
Neytral soʻz |
Ravish |
|
Payanap |
Suvning chiqishi, izova suv |
Neytral soʻz |
Ot |
|
Pidana |
Yalpiz |
Neytral soʻz |
Ot |
|
Pinna |
Puxta, mugʻombir |
Salbiy |
Sifat |
|
Pishak |
Mushuk |
Neytral soʻz |
Ot |
|
Piyova |
Yovgʻon |
Neytral soʻz |
Ot |
|
Pori |
Goʻng |
Neytral soʻz |
Ot |
|
Potirdoq (patirdaq) |
Qoqi, koʻkat |
Neytral soʻz |
Ot |
|
Povut |
Xalal, xalaqit |
Salbiy |
Ot |
|
Puchcha |
Mugʻombir, ichidan pishgan |
Salbiy |
Sifat |
|
Qalampir |
Garmdori |
Neytral soʻz |
Ot |
|
Qalangʻi-qasangʻi |
Tagi zoti past |
Salbiy |
Sifat |
|
Qalpoq |
Doʻppi |
Neytral soʻz |
Ot |
|
Qasqon |
Gardish, doira shaklidagi temir |
Neytral soʻz |
Ot |
|
Qayishmoq |
Yonini olmoq |
Ijobiy |
Feʼl |
|
Qitmir |
Quv, shum |
Salbiy |
Sifat |
|
Qoʻtan |
Qoʻra, qoʻyxona |
Neytral soʻz |
Ot |
|
Qultum |
Hoʻplam, yutum |
Neytral soʻz |
Hisob soʻz |
|
Qumursqa |
Chumoli |
Neytral soʻz |
Ot |
|
Sergimoq |
Qurimoq, nami qochmoq |
Neytral soʻz |
Feʼl |
|
Shalaq |
Ogʻzi yomon |
Salbiy |
Sifat |
|
Sholaq (sholax) |
Mazax, kalaka |
Salbiy |
Ot |
|
Sholcha |
Gilamcha, toʻshamchi |
Ot |
|
|
Shapshak |
Betgachopar, oʻylamay gapiradigan |
Salbiy |
Sifat |
|
Shiptir |
Kiyimi nam va sasigan |
Salbiy |
Sifat |
|
Siyirmoq |
Shilmoq, archimoq |
Salbiy |
Feʼl |
|
Soʻgʻun |
Keyin |
Neytral soʻz |
Ravish |
|
Soʻnarmoq |
Moʻltirab qaramoq |
Salbiy |
Feʼl |
|
Soʻrri |
Novcha, boʻyi uzun. |
Salbiy |
Sifat |
|
Sonsiz |
Uquvsiz, befarosat, didsiz |
Salbiy |
Sifat |
|
Tapalanglab |
Hovliqib, dovdirab |
Salbiy |
Feʼl |
|
Tappi |
Tezak |
Neytral soʻz |
Ot |
|
Tarmashmoq |
Mahkam ushlamoq, yopishmoq* |
Salbiy |
Feʼl |
|
Taypish |
Hovliqma |
Salbiy |
Sifat |
|
Timirskilanmoq |
Sinchkovlik bilan qaramoq |
Salbiy |
Feʼl |
|
Tirrancha |
Kuchi yetmasa ham zoʻravonlik qiladigan, zumrasha |
Salbiy |
Ot |
|
Tirtanglamoq |
Biron ishga kuchi yetmasa ham oʻzini urmoq |
||
|
Toti |
Bodi, olifta |
Salbiy |
Sifat |
|
Tuyatoppon |
Besoʻnaqay, beoʻxshov |
Salbiy |
Sifat |
|
Unnamoq, unnab qolmoq |
Oʻtirmoq, oʻtirib qolmoq (hidga nisbatan) |
Salbiy |
Feʼl |
|
Uvuz |
Tugʻish oldidagi sigirning yelinidagi suyuqlik |
Neytral soʻz |
Ot |
|
Xamsiya, hamsoya |
Qoʻshni |
Neytral soʻz |
Ot |
|
Xaymi |
Xoʻpmi |
Salbiy |
Modal soʻz |
|
Xezlanmoq |
Qasdlanmoq |
Salbiy |
Feʼl |
|
Xiyli (xiylivola) |
Koʻp |
Neytral soʻz |
Ravish |
|
Xurri |
Xurrak otuvchi |
Salbiy |
Sifat |
|
Yoʻngʻichqa |
Beda |
Neytral soʻz |
Ot |
|
Zardoli |
Oʻrik |
Neytral soʻz |
Ot |
Anvar ESHNAZAROV
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
Oʻzbek tilining izohli lugʻati. //Birinchi jild. – Moskva: Русский язык, 1981.
Enazarov T.J., Karimjonova V.A., Ernazarova M.S., Mahmadiyev SH.S, Rixsiyeva K. G‘. Oʻzbek dialektologiyasi (oʻquv qoʻllanma), – Toshkеnt, Universitet, 2012. – B. 11.
Ashirboyev Samixon Oʻzbek dialektologiyasi Oʻzbek tili va adabiyoti taʼlim yoʻnalishi talabalari uchun, – Toshkent, 2013. – B. 8.
Sh.Rahmatullayev. “Oʻzbek tilining etimologik lugʻati” (turkiy soʻzlar), – Toshkent, 2000.
* Sh.Rahmatullayev. Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (turkiy soʻzlar). Toshkent, 2000.