Oʻzbek tili turli lahja, sheva va dialektlardan tashkil topgan. Adabiy tilda qoʻllanuvchi soʻzlar shevalarda boshqacha variantda ishlatilishi mumkin. Yoki tilimizda yoʻqolib ketayotgan baʼzi soʻz va qoʻshimchalar shevalarimizda barqaror ishlatilayotgan boʻladi. Bu oʻrinda tilshunoslar shunday leksik birliklarni chuqur oʻrganishi, adabiy til doirasida tahlil qilishi va keng ommaga taqdim etishi mumkin. Shundagina olinma soʻzlarning baʼzilarini oʻz tilimizdagi ekvivalenti bilan almashtira olish mumkin. Avvalo, sheva, lahja, dialekt atamalarining oʻxshash va farqli jihatlarini sanab oʻtamiz. 

Shеva – biror tilning oʻziga xos fonеtik, lеksik, grammatik xususiyatlariga ega boʻlgan kichik qismi (oraliq sheva, shevalar guruhi degan terminlar ham bor)  

Lahja – shevaning fonеtik, lеksik, soʻz yasalishi hamda grammatik xususiyatlarini maʼlum bir tizim asosida oʻzida birlashtirgan shеvalar yigʻindisi. Ayni vaqtda tilimizda uchta lahja bor: 1) qarluq lahjasi, 2) qipchoq lahjasi 3) oʻgʻuz lahjasi. Ularning nomlanishi turkiy urug‘-qabilalar nomidan shakllangan. Lahja soʻzi arab tilidan oʻzlashgan soʻz boʻlib, tarz, ravish, yoʻsin singari maʼnolarni bildiradi. 

Dialеkt atamasi – dialеktologik adabiyotlarda lahja, shеva maʼnolarida ham ishlatiladi. Hoziri kunda esa u umumlingvistik dialеkt atamasi maʼnosida ishlatilmoqda. Dialеkt atamasi grеk tilidan oʻzlashgan soʻz boʻlib, professor V.V.Rеshеtov bu atamani oʻz tadqiqotlarida shеvalar guruhi maʼnosida qoʻllagan. Mazkur atama bu fanga oid rus tilidagi ilmiy hamda ilmiy metodik adabiyotlarda ham uchraydi.

Oʻzbek tili shevashunosligi V.V.Rеshеtov, F.Abdullayеv, Sh.Shoabdurahmonov, A.Aliyеv, B.Joʻrayеv, X.Doniyorov, Y.Gʻulomov, Y.Jumanazarov, A.Ishayev, D.Abdurahmonov, N.Rajabov, Q.Muhammadjonov, N.Shoimova kabi dialеktolog olimlar tomonidan chuqur oʻrganib tahlil etilgan. Oʻzbek dialektologiyasi geografiya fani bilan uzviy aloqador, yaʼni, har bir sheva haqida maʼlumot toʻplanganda, shu sheva vakillari joylashgan territoriyaning koʻlami, aholining miqdori, shu territoriya iqlimi va boshqa maʼlumotlar ham toʻplanadi, yaʼni geografik muhiti ham yoritiladi. Shuningdek, oʻzbek dialektologiyasi oʻzbek xalqi tarixi, adabiyoti, etnografiyasi, sanʼati fanlarining maʼlumotlariga ham tayanadi va ular uchun boy material beradi(4). Shuningdek, areologiya ham dialektologiyaning bir tarmogʻi sanalib, bevosita geografiya fani bilan mushtarak sohalardandir. Dialektologiyaning oʻrganish obyekti shevaga oid soʻzlar boʻlsa, areologiya fani esa shevaga oid soʻzlarni hududiy jihatdan, geografik xususiyatiga koʻra tahlil qilishdan iboratdir.

Shеvalar har bir xalqning umumiy milliy tili tarkibiga kiradi, lеkin ular shu milliy adabiy tildan oʻzining fonеtik, lеksik va grammatik xususiyatlari bilan farqlanadi. Dеmak, shеva milliy adabiy tilning bir tarmogʻi sanaladi. Oʻzbek adabiy tili murakkab tarixiy jarayonda tashkil topgan. Eski oʻzbek tilida yozilgan asarlar umumxalq oʻzbek tilida yozilgan boʻlib, ularda turli mahalliy shеvalarning xususiyatlari aks etgan edi. Masalan: bir asarda yaqin soʻzi uchrasa, ikkinchi asarda esa shu maʼnoda yovuq soʻzi uchraydi.

Dеmak, sheva(lar)ga xos boʻlgan soʻzlarda ham maʼnoviy oʻzgarishlar boʻlib turadi. Adabiy tilning orfoepik qoidalari hamma shevalar uchun umumiy boʻlgan bir xil talaffuz meʼyorlarini hosil qiladi. Xuddi shuningdek, adabiy tilning orfografik qoidalari shevalarimiz uchun soʻzlarni toʻgʻri yozish meʼyorlarini amaliy jihatdan kuchaytirishga yordam beradi. Maqolada tahlil uchun Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani Javogʻi qishlogʻi aholisining ogʻzaki soʻzlashuv uslubida ishlatadigan soʻzlari tanlandi. Oʻrganilgan soʻzlar adabiy tilda nisbatan kam qoʻllaniladi yoki umuman qoʻllanilmasligi kuzatildi. Misol uchun: beqiliq, boyna, boynagi, chinaqay, doʻqalash, gʻujurli, gajir, girillak, glagay, hayat, itirqim, kaypang, olashaqshaq, pidana, pinna, pori, qoʻtan, sergimoq, shapshak, shoʻtanoq, shoʻttak, siyirmoq, soʻnarmoq, sonsiz, taypish, timirskilanib, tuyatoppon.

Ayrim feʼllarning talaffuzida esa farqlar kuzatiladi. Chunonchi, shunday qilib-shuytib deb aytiladi. Yana shunday otlar borki, aytilishida ozgina tafovut seziladi: supurgi-shivitki, lovlovi-lavlagi kabi. Shuningdek, yana ayrim soʻzlar xalq tiliga boshqa tildan oʻzlashgan va shu tildagi soʻzdan foydalanadi. Qishloq aholisi bundan ellik-oltmish yil avval turli joylardan koʻchib kelishgani bois bu yerda yashovchi kishilar talaffuzida ham turfalikni uchratish mumkin. Keyingi davrlarda boshqa hududdan qiz olib, qiz uzatish koʻpaygani bois yosh bolalar nutqida turli shevalarga xos soʻzlarni uchratishimiz mumkin. Bu bevosita onalar nutqi bilan bogʻliqdir.

Quyida biz ushbu so‘zlarni va ularning adabiy tilimizdagi izohini berib o‘tamiz (tahlilda tilshunos Shavkat Rahmatullayev tomonidan tuzilgan “O‘zbek tilining etimologik lug‘ati” ga murojaat qilindi. Tahlil davomida e’tibordan chetda qoldirilgan ayrim so‘zlarning jadvali tuzildi). Ba’zi so‘zlar haqiqatdan ham yuqorida tilga olingan qishloq aholisining doimiy kundalik so‘zlashuvida ishlatilib kelinmoqda. Savdo-sotiq, bordi-keldi va to‘y-marosimlardagi yaqinlik sabab Javog‘i qishlog‘i odamlarining shevasi Yakkabog‘ tumanidagi boshqa qishloqlar, jumladan, Sovuqbuloq, Qasnoq, Tezob, G‘ozliq, Qo‘tontepa va Chiroqchi tumanidagi O‘ymovut qishlog‘i odamlarining shevalarida ham uchraydi.

Bu o‘rinda Qashqadaryoning qipchoq lahjasida bo‘lgan “J”lashishga oid so‘zlar tahlilga tortilmadi. Qolaversa, voha tilidagi so‘z so‘ngida keluvchi “G‘” undoshining “V” kabi talaffuz etilishini ham, so‘z oxiridagi “Q”, “K” undoshlarining tushirib qoldirilishini ham yozish ma’qul topilmadi. Tadqiqotda, asosan, adabiy tildagi so‘zlarning shevada boshqacha aytilishi yoki yondosh so‘zga yaqin talaffuz etilishi tahlil qilindi. Umuman olganda, hozirgi o‘zbek adabiy tiliga xorijiy so‘zlarning ko‘plab olinishi yoki ba’zi qo‘shimchalarning tilimizdan yo‘qolib borayotgani tufayli ularning o‘rnini chekka hududlardagi o‘zbek shevalari orqali to‘ldirish, muqobil variantini aniqlash lozimdir. Zotan, ushbu izlanish milliy tilning ravnaqi va naqadar boy ekanligi belgilashga xizmat qiladi.

Fonetik jihatdan farqlanuvchi soʻzlar

Shevadagi soʻz

Adabiy tildagi variant

Izohi (Oʻxshash va farqli jihatlari)

Soʻz turkumi

Belqars

Belbog‘

Qoʻshma soʻzning ikkinchi qismidagi soʻzda oʻzgarish yuz bergan.

Ot

Billa

Birga

Tovush oʻzgargan.

Olmosh

Birich

Guruch

Tovush oʻzgargan.

Ot

Boshmardoq

Boshbarmoq

Tovush oʻzgargan.

Ot

Buva

Bobo

Tovush oʻzgargan.

Ot

Buytib, betib

Bunday qilib

Tovush oʻzgargan.

Feʼl

Byaqda

Bu yoqda

Tovush oʻzgargan.

Ot

Byarda

Bu yerda

Tovush oʻzgargan.

Ot

Chuchchi

Chuchuk, shirin

Tovush tushishi va tovush ortishi roʻy bergan.

Sifat

Chapcha

Sapcha; Qovunning kattaroq tugunagi, hali pishmagan mayda qovun

Tovush oʻzgargan.

Ot

Dostiq

Yostiq, bolish

Tovush oʻzgargan.

Ot

Dumaloq

Yumaloq

Tovush oʻzgargan.

Sifat

Doʻppi

Toʻp

Tovush oʻzgarishi va ortishi yuz bergan.

Ot

Duvol

Devor

Tovush oʻzgargan.

Ot

Elanish

Yalinish

Tovush tushishi va tovush oʻzgarishi yuz bergan.

Feʼl

Ena

Ona, oyi

Tovush oʻzgargan.

Ot

Eyaqda

U yoqda

Tovush oʻzgargan.

Ot

Eyarda

U yerda

Tovush oʻzgargan.

Ot

Gittak

Qittak, Ozgina

Tovush oʻzgargan.

Sifat

Hi

Ha

Tovush oʻzgargan.

Modal soʻz

Iyarib

Ergashib

Tovush oʻzgargan.

Feʼl

Koʻppala, koʻppalavola

Koʻp, bir talay

Tovush ortishi yuz bergan.

Ravish

Koʻcha osh

Goʻja osh

Tovush oʻzgargan.

Ot

Lovlovi

Lavlagi

Tovush oʻzgargan.

Ot

Makkai

Makkajoʻxori

Tovush tushishi yuz bergan.

Ot

Meylov

Moʻylab

Tovush oʻzgargan.

Ot

Navoda

Mobodo, bordi-yu

Tovush oʻzgargan.

Bogʻlovchi

Oya

Ona

Tovush oʻzgargan.

Ot

Pichchi

Picha

Tovush oʻzgarishi va ortishi yuz bergan.

Sifat, ravish

Shashov

Shoshqaloq

Tovush tushishi yuz bergan.

Sifat

Shirvunich

Shirguruch

Tovush oʻzgargan.

Ot

Shirchoy

Sutchoy

Qoʻshma soʻzning birinchi qismidagi soʻz boshqasi bilan almashgan.

Ot

Shivitki

Supurgi

Tovush oʻzgargan.

Ot

Shoʻtanaq (shoʻtanoq)

Shoʻx– shaddod

Tovush ortgan.

Sifat

Shoʻttak

Nordon, shoʻr (shoʻrdak),

Tovush oʻzgargan.

Sifat

Shuytib, shetib

Shunday qilib

Tovush oʻzgargan.

Feʼl

Shyaqda

Shu yoqda

Tovush oʻzgargan.

Ot

Shyarda

Shu yerda

Tovush oʻzgargan.

Ot

Tuva, teva

Tepa, tepalik

Tovush oʻzgargan.

Ot

Ul

Oʻgʻil

Tovush tushgan.

Ot

Uytib, etib

Unday qilib

Tovush oʻzgargan.

Feʼl

`

Morfologik jihatdan farqlanuvchi soʻzlar

Shevadagi soʻz

Adabiy tildagi variant

Graditsional shakli

Soʻz turkumi

Ajriq

Chim

Neytral soʻz

Ot

Alqindi

Ishlatilgan sovun, sovun boʻlagi

Salbiy

Ot

Alagʻda boʻlmoq

Xavotir olmoq

Salbiy

Ibora

Arimoq

Ketmoq, daf boʻlmoq

Ijobiy

Feʼl

Argʻamchi

Ingichka arqon.*[1][1]

Tabu va yevfimizm doirasida ilonni anglatgani uchun salbiy maʼnoda ishlatiladi.

Ot

Avramoq

Ishontirish, koʻndirish*

Ijobiy

Feʼl

Aya

Ona

Neytral soʻz

Ot

Bayavoy

Bahaybat, gavdali

Ijobiy

Sifat

Bachcha

Bola

Neytral soʻz

Ot

Bepallaki

Oʻylamay gapiradigan

Salbiy

Sifat

Beqiliq

Shum

Salbiy

Sifat

Biyi

Qaynona

Neytral soʻz

Ot

Bodi

Olifta

Salbiy

Sifat

Boyna

Biroz avval

Neytral soʻz

Ravish

Boynagi

Haligi

Neytral soʻz

Sifat

Bultur

Oʻtgan yili

Neytral soʻz

Ravish

Boʻla

Amakivachcha, ammavachcha, xolavachcha,    togʻavachcha

Neytral soʻz

Ot

Boʻxcha

Kiyim-kechak oʻralgan tugun*

Neytral soʻz

Ot

Chakki

Suzma

Neytral soʻz

Ot

Chaqqon

Yengil, yupun

Neytral soʻz

Sifat

Chayla

Kapa

Neytral soʻz

Ot

Checha

Yanga

Neytral soʻz

Ot

Chechan

Soʻzamol

Ijobiy

Sifat

Chikin(a)

Oʻxshab (Undaychikin-unga oʻxshab)

Salbiy

Koʻmakchi

Chin

Rost

Neytral soʻz

Sifat

Chinchinaki

Haqiqiy

Ijobiy

Sifat

Chinaqay

Jimjiloq

Neytral soʻz

Ot

Darmayit

Boqimanda

Salbiy

Sifat

Doʻng

Tepa

Neytral soʻz

Sifat

Doʻnglik

Tepalik

Neytral soʻz

Ot

Doʻqalash

Qoʻzgʻash, aralashtirish

Salbiy

Feʼl

Doritmoq

Yaqinlashtirmoq

Salbiy

Feʼl

Dovur

-gacha

Neytral soʻz

Ravishdosh

Dovruppa

Nahotki, boʻlishi mumkinmas

Salbiy

Modal soʻz

Emchi

Tabib

Neytral soʻz

Ot

Ertachi

Barvaqt, vaqtli

Neytral soʻz

Ravish

Gʻujurli

Tadbirli

Ijobiy

Sifat

Gajir

Janjalkash

Ijobiy

Sifat

Girillak

Aylana

Neytral soʻz

Sifat

Glagay

Yangi tuqqan sigirning suti

Neytral soʻz

Ot

Govxona

Molxona

Neytral soʻz

Ot

Gurri

Urishqoq

Salbiy

Sifat

Gurung

Suhbat

Neytral soʻz

Ot

Havo

Yomgʻir, yogʻin

Neytral soʻz

Ot

Hachcha

Tirgak

Neytral soʻz

Ot

Halinchak

Argʻimchoq

Neytral soʻz

Ot

Hayat

Toʻr, adoq, hovlining toʻri

Neytral soʻz

Ot

Hayiqmoq

Qoʻrqmoq, hadiksiramoq

Salbiy

Feʼl

Hiyla

Ana

Neytral soʻz

Olmosh

Hiyyi

Ha, albatta

Salbiy

Modal soʻz

I-i

Yoʻq

Salbiy

Modal soʻz

Ilashmoq

Zich boʻlmagan holda yopishmoq, tegmoq*

Neytral soʻz

Feʼl

Iring

Injiq qaysar

Salbiy

Sifat

Itirqim

Koʻp, sanoqsiz

Salbiy

Ravish

Janqovul

“J” bilan gapiruvchilar

Salbiy

Ot

Jittilamoq

Qilpillab oʻzini koʻrsatmoq

Salbiy

Feʼl

Jomaykor

Ish kiyimi

Neytral soʻz

Ot

Juvona

Hoʻkiz

Neytral soʻz

Ot

Kakkillamoq

Sharaqlab kulmoq

Salbiy

Feʼl

Kamitir

Oqsoqol

Neytral soʻz

Ot

Kaypang

Oxirini oʻylamaydigan kishi, oʻylamay                 shoshib qaror qabul qiluvchi

Salbiy

Sifat

Kayvoni

Yoshi ulug‘ bilgich

Neytral soʻz

Ot

Kuchuk

It

Neytral soʻz

Ot

Kuttacha

Nimcha, jaket

Neytral soʻz

Ot

Lahat

Qabr

Salbiy

Ot

Laxcha-toʻppa

Xamirli ovqatning bir turi

Neytral soʻz

Ot

Loʻla

Katta bolish

Neytral soʻz

Ot

Loʻx

Qamishning boshqacha turi

Neytral soʻz

Ot

Mayak

Tuxum

Neytral soʻz

Ot

Mashak

Qunduz, ondatra

Neytral soʻz

Ot

Moʻrcha

Chumoli, qumursqa

Neytral soʻz

Ot

Moma

Buvi

Neytral soʻz

Ot

Moy

Yog‘

Neytral soʻz

Ot

Murdashov

Yuvgʻich

Ot

Muyum

Narsa, buyum

Neytral soʻz

Ot

Naynov

Boʻlar-boʻlmasga aljiraydigan

Salbiy

Sifat

Naqiris

Xasis, ziqna

Salbiy

Sifat

Oʻlamsa

Nozik, kasalvand

Salbiy

Sifat

Obtova

Qumgʻon

Neytral soʻz

Ot

Olashaqshaq

Hakka

Neytral soʻz

Ot

Pandiyat

Saboq, dars, xulosa

Neytral soʻz

Ot

Paqir

Chelak

Neytral soʻz

Ot

Pasil (Bir pasil)

Bir oz, bir dam

Neytral soʻz

Ravish

Payanap

Suvning chiqishi, izova suv

Neytral soʻz

Ot

Pidana

Yalpiz

Neytral soʻz

Ot

Pinna

Puxta, mugʻombir

Salbiy

Sifat

Pishak

Mushuk

Neytral soʻz

Ot

Piyova

Yovgʻon

Neytral soʻz

Ot

Pori

Goʻng

Neytral soʻz

Ot

Potirdoq (patirdaq)

Qoqi, koʻkat

Neytral soʻz

Ot

Povut

Xalal, xalaqit

Salbiy

Ot

Puchcha

Mugʻombir, ichidan pishgan

Salbiy

Sifat

Qalampir

Garmdori

Neytral soʻz

Ot

Qalangʻi-qasangʻi

Tagi zoti past

Salbiy

Sifat

Qalpoq

Doʻppi

Neytral soʻz

Ot

Qasqon

Gardish, doira shaklidagi temir

Neytral soʻz

Ot

Qayishmoq

Yonini olmoq

Ijobiy

Feʼl

Qitmir

Quv, shum

Salbiy

Sifat

Qoʻtan

Qoʻra, qoʻyxona

Neytral soʻz

Ot

Qultum

Hoʻplam, yutum

Neytral soʻz

Hisob soʻz

Qumursqa

Chumoli

Neytral soʻz

Ot

Sergimoq

Qurimoq, nami qochmoq

Neytral soʻz

Feʼl

Shalaq

Ogʻzi yomon

Salbiy

Sifat

Sholaq (sholax)

Mazax, kalaka

Salbiy

Ot

Sholcha

Gilamcha, toʻshamchi

Ot

Shapshak

Betgachopar, oʻylamay gapiradigan

Salbiy

Sifat

Shiptir

Kiyimi nam va sasigan

Salbiy

Sifat

Siyirmoq

Shilmoq, archimoq

Salbiy

Feʼl

Soʻgʻun

Keyin

Neytral soʻz

Ravish

Soʻnarmoq

Moʻltirab qaramoq

Salbiy

Feʼl

Soʻrri

Novcha, boʻyi uzun.

Salbiy

Sifat

Sonsiz

Uquvsiz, befarosat, didsiz

Salbiy

Sifat

Tapalanglab

Hovliqib, dovdirab

Salbiy

Feʼl

Tappi

Tezak

Neytral soʻz

Ot

Tarmashmoq

Mahkam ushlamoq, yopishmoq*

Salbiy

Feʼl

Taypish

Hovliqma

Salbiy

Sifat

Timirskilanmoq

Sinchkovlik bilan qaramoq

Salbiy

Feʼl

Tirrancha

Kuchi yetmasa ham zoʻravonlik qiladigan, zumrasha

Salbiy

Ot

Tirtanglamoq

Biron ishga kuchi yetmasa ham oʻzini urmoq

Toti

Bodi, olifta

Salbiy

Sifat

Tuyatoppon

Besoʻnaqay, beoʻxshov

Salbiy

Sifat

Unnamoq, unnab qolmoq

Oʻtirmoq, oʻtirib qolmoq (hidga nisbatan)

Salbiy

Feʼl

Uvuz

Tugʻish oldidagi sigirning yelinidagi suyuqlik

Neytral soʻz

Ot

Xamsiya, hamsoya

Qoʻshni

Neytral soʻz

Ot

Xaymi

Xoʻpmi

Salbiy

Modal soʻz

Xezlanmoq

Qasdlanmoq

Salbiy

Feʼl

Xiyli (xiylivola)

Koʻp

Neytral soʻz

Ravish

Xurri

Xurrak otuvchi

Salbiy

Sifat

Yoʻngʻichqa

Beda

Neytral soʻz

Ot

Zardoli

Oʻrik

Neytral soʻz

Ot

Anvar ESHNAZAROV

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

Oʻzbek tilining izohli lugʻati. //Birinchi jild. – Moskva: Русский язык, 1981.

Enazarov T.J., Karimjonova V.A., Ernazarova M.S., Mahmadiyev SH.S, Rixsiyeva K. G‘.  Oʻzbek dialektologiyasi (oʻquv qoʻllanma), – Toshkеnt, Universitet, 2012. – B. 11.

Ashirboyev Samixon Oʻzbek dialektologiyasi Oʻzbek tili va adabiyoti taʼlim yoʻnalishi talabalari uchun, – Toshkent, 2013. – B. 8.

Sh.Rahmatullayev. “Oʻzbek tilining etimologik lugʻati” (turkiy soʻzlar), – Toshkent, 2000.

 * Sh.Rahmatullayev. Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (turkiy soʻzlar). Toshkent, 2000.