DAVLAT MUSTAQILLIGINING 35 YILLIGIGA BAGʻISHLANGAN SEMINAR
“Oʻzkimyosanoat” AJda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida ilgari surilgan gʻoya va tashabbuslarning mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan oʻquv-seminar tashkil etildi.
Unda “Oʻzkimyosanoat” AJ mutaxassislari, tarmoq korxonalari, oliy taʼlim muassasalari masʼul xodimlari, shuningdek, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi masʼul xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda Prezident nutqida belgilab berilgan ustuvor vazifalar, mamlakat taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan tashabbuslar hamda ularning jamiyat hayotidagi ahamiyati haqida xodimlarga maʼlumot berildi.
Seminar yakunida ishtirokchilar bilan ochiq muloqot oʻtkazilib, nutqda belgilangan vazifalardan kelib chiqadigan muhim jihatlar yuzasidan fikr va mulohazalar almashildi.
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram