DAVLAT MUSTAQILLIGINING 35 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN SEMINAR
“O‘zkimyosanoat” AJda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv-seminar tashkil etildi.
Unda “O‘zkimyosanoat” AJ mutaxassislari, tarmoq korxonalari, oliy ta’lim muassasalari mas’ul xodimlari, shuningdek, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda Prezident nutqida belgilab berilgan ustuvor vazifalar, mamlakat taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan tashabbuslar hamda ularning jamiyat hayotidagi ahamiyati haqida xodimlarga ma’lumot berildi.
Seminar yakunida ishtirokchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, nutqda belgilangan vazifalardan kelib chiqadigan muhim jihatlar yuzasidan fikr va mulohazalar almashildi.
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram