Davlat xizmati — faqat vazifa emas. Bu — xalqqa xizmat qilish madaniyati.

Bugun davlat boshqaruvida zamonaviy texnologiyalar, yangi yondashuvlar va xalqaro tajriba muhim. Ammo samarali davlat xizmati zamirida yana bir muhim omil bor: milliy qadriyatlar, inson qadri va jamiyat oldidagi masʼuliyat.

Aynan shu maqsadda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazida «Milliy qadriyatlarga asoslangan davlat xizmati» ijtimoiy loyihasi doirasida Markaz hodimlari uchun maxsus dastur asosida seminar-treninglar tashkil etildi.

Seminar-treninglarda:

fuqaro va davlat idorasi oʻrtasidagi munosabatlar;

xizmat va shaxsiy hayot oʻrtasidagi muvozanat;

korporativ madaniyat va axloqiy meʼyorlar;

boshqaruv psixologiyasi;

shaxsiy rivojlanish va stressni samarali yengish;

milliy va umuminsoniy qadriyatlarning davlat xizmatidagi oʻrni kabi masalalar muhokama qilinmoqda.

Loyiha doirasida qanday ishlar amalga oshirildi?

43 026 nafar respondent ishtirokida oʻtkazilgan 3 ta sotsiologik tadqiqot orqali sohadagi 23 ta asosiy konseptual muammo aniqlandi.

Tadqiqot natijalariga tayangan holda davlat xizmatchilari uchun maxsus metodik media-paket va seminar-trening dasturi ishlab chiqildi.

Loyihaning asosiy gʻoyasi oddiy: zamonaviy davlat xizmati — zamonaviy koʻnikmalar, yuksak boshqaruv madaniyati, milliy qadriyatlarga tayangan masʼuliyatni oshirishdan iborat.

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram