Davlat xizmati — faqat vazifa emas. Bu — xalqqa xizmat qilish madaniyati.

Bugun davlat boshqaruvida zamonaviy texnologiyalar, yangi yondashuvlar va xalqaro tajriba muhim. Ammo samarali davlat xizmati zamirida yana bir muhim omil bor: milliy qadriyatlar, inson qadri va jamiyat oldidagi mas’uliyat.

Aynan shu maqsadda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida «Milliy qadriyatlarga asoslangan davlat xizmati» ijtimoiy loyihasi doirasida Markaz hodimlari uchun maxsus dastur asosida seminar-treninglar tashkil etildi.

Seminar-treninglarda:

fuqaro va davlat idorasi o‘rtasidagi munosabatlar;

xizmat va shaxsiy hayot o‘rtasidagi muvozanat;

korporativ madaniyat va axloqiy me’yorlar;

boshqaruv psixologiyasi;

shaxsiy rivojlanish va stressni samarali yengish;

milliy va umuminsoniy qadriyatlarning davlat xizmatidagi o‘rni kabi masalalar muhokama qilinmoqda.

Loyiha doirasida qanday ishlar amalga oshirildi?

43 026 nafar respondent ishtirokida o‘tkazilgan 3 ta sotsiologik tadqiqot orqali sohadagi 23 ta asosiy konseptual muammo aniqlandi.

Tadqiqot natijalariga tayangan holda davlat xizmatchilari uchun maxsus metodik media-paket va seminar-trening dasturi ishlab chiqildi.

Loyihaning asosiy g‘oyasi oddiy: zamonaviy davlat xizmati — zamonaviy ko‘nikmalar, yuksak boshqaruv madaniyati, milliy qadriyatlarga tayangan mas’uliyatni oshirishdan iborat.

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram