“Soʻz” loyihasidan yana bir betakror adabiy kecha!

Xabaringiz bor, "Soʻz" loyihasi milliy kontentni boyitish bilan birga, oʻzining kreativ va taʼsirchan sheʼriy-konsert dasturlari bilan muxlislar qalbidan joy olib kelmoqda.

Bu safar esa adabiyot ixlosmandlari eʼtiboriga Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Xayriddin Sultonning mashhur “Yaldo kechasi” asari asosida tayyorlangan teatrallashtirilgan sheʼriy-konsert dasturi havola etiladi.

Mazkur dastur oʻzida adabiyot, musiqa va sahna uygʻunligi orqali chuqur maʼno va badiiy zavqni mujassam etadi.

🗓 Sana: 28 mart
⏰ Vaqt: 16:00
📍 Manzil: Renessans kino uyi

Barchangizni ushbu maʼnaviy va ijodiy kechaga taklif etamiz!