“So‘z” loyihasidan yana bir betakror adabiy kecha!

Xabaringiz bor, "So‘z" loyihasi milliy kontentni boyitish bilan birga, o‘zining kreativ va ta’sirchan she’riy-konsert dasturlari bilan muxlislar qalbidan joy olib kelmoqda.

Bu safar esa adabiyot ixlosmandlari e’tiboriga O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xayriddin Sultonning mashhur “Yaldo kechasi” asari asosida tayyorlangan teatrallashtirilgan she’riy-konsert dasturi havola etiladi.

Mazkur dastur o‘zida adabiyot, musiqa va sahna uyg‘unligi orqali chuqur ma’no va badiiy zavqni mujassam etadi.

🗓 Sana: 28 mart
⏰ Vaqt: 16:00
📍 Manzil: Renessans kino uyi

Barchangizni ushbu ma’naviy va ijodiy kechaga taklif etamiz!