GDANSK UNIVERSITETIDA SUNʼIY INTELLEKT BÖYIÇA XALQARO ÖQUV KURSI

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbarining sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy qiliş böyiça maslahatçisi Polşaning Gdansk universitetida taşkil etilgan xalqaro öquv kursida iştirok etdi.

Maşğulotlarda sunʼiy intellektning taʼlim, yoşlar dunyoqaraşi, insoniy munosabatlar va jamiyat qadriyatlariga taʼsiri, şuningdek, texnologiyalardan masʼuliyat bilan foydalaniş masalalari muhokama qilindi.

Şuningdek, sunʼiy intellektning kundalik hayot va kasbiy faoliyatdagi amaliy imkoniyatlari, axborot xavfsizligi, şaxsiy maʼlumotlarni himoya qiliş va yolğon axborot tarqalişining oldini olişga oid ilğor tajribalar örganildi.

Xalqaro kurs raqamli savodxonlikni oşiriş, sunʼiy intellektdan samarali foydalaniş hamda texnologik taraqqiyot jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asraş böyiça tajriba almaşişga xizmat qildi.