PREZIDENT KITOBI XITOY TILIDA: YANGI ÖZBEKISTON HAQIDA YANGI TASAVVUR VA MUHIM MULOQOT

Prezident maslahatçisi boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasining Xitoyga taşrifi doirasida muhim madaniy-maʼrifiy voqea - Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Özbekiston barqaror taraqqiyot va farovonlik yölida» nomli kitobining xitoy tilidagi naşri taqdimoti bölib ötdi.

Pekin şahrida ötkazilgan taqdimotda Xitoy vazirliklari va idoralari vakillari, nufuzli ekspertlar, işbilarmon doiralar hamda diplomatik korpus aʼzolaridan iborat 300 nafardan ziyod mehmon iştirok etdi. Bu esa Xitoy jamoatçiligining Özbekiston, uning taraqqiyot yöli va amalga oşirilayotgan islohotlariga bölgan qiziqişi kengayib borayotganini namoyon etadi.

Kitobdan davlatimiz rahbarining 2021–2025-yillardagi nutqlari, maqolalari va intervyulari örin olgan.

Darhaqiqat, kitob - xalqlar örtasidagi maʼnaviy köprik, fikr va tajriba almaşinuvining muhim vositasi. Davlat rahbarining asari boşqa tilda naşr etilişi esa mamlakatimizning taraqqiyot tajribasi, milliy qadriyatlari va islohotlar falsafasini xalqaro jamoatçilikka yetkazişda alohida ahamiyat kasb etadi.

Mazkur taqdimot Özbekiston va Xitoy örtasidagi diplomatik munosabatlar örnatilganining 35 yilligi nişonlanadigan kelgusi yil arafasida ikki xalq örtasidagi döstlik, özaro anglaşuv va hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlaşga xizmat qiluvçi muhim maʼrifiy voqea böldi.