#hududlarda
#namangan
#sayyor_qabul
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari
Otabek Hasanov Pop tumani yoshlari bilan ochiq muloqot oʻtkazdi. Samimiy va erkin muhitda tashkil etilgan uchrashuvda yoshlar oʻz fikr va takliflarini bildiridilar.
Muloqot davomida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish hamda tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash kabi dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuvda yoshlar tomonidan 15 dan ortiq amaliy taklif va tashabbuslar ilgari surildi. Har bir fikr diqqat bilan tinglanib, ularni amalga oshirish yuzasidan muhim takliflar bildirildi.
Eng muhimi, bu muloqot yoshlarning maʼnaviy kamoloti, ijtimoiy faolligi va tashabbuskorligini yanada oshirishga xizmat qiluvchi muhim maydonga aylandi.
Rasmiy sahifalarimiz👇
🚨telegram | 📎Facebook
📺YouTube | 👚Instagram