#hududlarda
#namangan
#sayyor_qabul
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari
Otabek Hasanov Pop tumani yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Samimiy va erkin muhitda tashkil etilgan uchrashuvda yoshlar o‘z fikr va takliflarini bildiridilar.
Muloqot davomida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash kabi dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuvda yoshlar tomonidan 15 dan ortiq amaliy taklif va tashabbuslar ilgari surildi. Har bir fikr diqqat bilan tinglanib, ularni amalga oshirish yuzasidan muhim takliflar bildirildi.
Eng muhimi, bu muloqot yoshlarning ma’naviy kamoloti, ijtimoiy faolligi va tashabbuskorligini yanada oshirishga xizmat qiluvchi muhim maydonga aylandi.
Rasmiy sahifalarimiz👇
🚨telegram | 📎Facebook
📺YouTube | 👚Instagram