Ijod va maʼrifat uygʻunlashgan maskan
Markaz rahbari Otabek Hasanov Shayxontohur tumanidagi 299-maktabda boʻlib, taʼlim muassasasida yaratilgan ijodiy-maʼrifiy muhit bilan tanishdi.
Maktab hududida tashkil etilgan book cafe va yoshlar studiyasi oʻquvchilarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish, kitobxonlik va ijodga qiziqishini oshirishga xizmat qilayotgani bilan eʼtiborli.
Ayniqsa, maktabda faoliyat yuritayotgan media studiya yoshlarning zamonaviy media koʻnikmalarini shakllantirib, ularga mustaqil ravishda media mahsulot yaratish imkonini bermoqda.
Bunday ijodiy va maʼrifiy muhit yosh avlodning dunyoqarashini kengaytirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga sadoqat va jamiyat hayotiga daxldorlik tuygʻusini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram