Ijod va ma’rifat uyg‘unlashgan maskan

Markaz rahbari Otabek Hasanov Shayxontohur tumanidagi 299-maktabda bo‘lib, ta’lim muassasasida yaratilgan ijodiy-ma’rifiy muhit bilan tanishdi.

Maktab hududida tashkil etilgan book cafe va yoshlar studiyasi o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, kitobxonlik va ijodga qiziqishini oshirishga xizmat qilayotgani bilan e’tiborli.

Ayniqsa, maktabda faoliyat yuritayotgan media studiya yoshlarning zamonaviy media ko‘nikmalarini shakllantirib, ularga mustaqil ravishda media mahsulot yaratish imkonini bermoqda.

Bunday ijodiy va ma’rifiy muhit yosh avlodning dunyoqarashini kengaytirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga sadoqat va jamiyat hayotiga daxldorlik tuyg‘usini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram