👨 Ijtimoiy faol fuqaro — bu nafaqat oʻz huquq va burchini anglagan inson, balki mamlakat taraqqiyoti va jamiyat ravnaqiga munosib hissa qoʻsha oladigan kuch.

📚 Bugun Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazida mamlakatimizda faol fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qaratilgan muhim hujjat — “Ijtimoiy faol fuqaroni shakllantirish” konsepsiyasi loyihasi muhokamasi boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtdi.

💬 Muhokamalar davomida tashabbuskor, masʼuliyatli, Vatan taqdiriga daxldorlik hissi yuqori boʻlgan, oʻz navbatida jamiyat hayotida faol ishtirok etadigan fuqarolarni tarbiyalashning ustuvor yoʻnalishlari atroflicha koʻrib chiqildi.

📇 Shuningdek, konsepsiyani hayotga samarali tatbiq etish mexanizmlari, idoralararo hamkorlikni kuchaytirish va tizimli ishlarni tashkil etish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.

😄 Bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida konsepsiya loyihasini yanada takomillashtirish, uning amaliy samaradorligini oshirish hamda belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlar belgilab olindi.

Rasmiy sahifalarimiz👇

🚨telegram | 📎Facebook

📺YouTube | 👚Instagram