👨 Ijtimoiy faol fuqaro — bu nafaqat o‘z huquq va burchini anglagan inson, balki mamlakat taraqqiyoti va jamiyat ravnaqiga munosib hissa qo‘sha oladigan kuch.

📚 Bugun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida mamlakatimizda faol fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qaratilgan muhim hujjat — “Ijtimoiy faol fuqaroni shakllantirish” konsepsiyasi loyihasi muhokamasi bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

💬 Muhokamalar davomida tashabbuskor, mas’uliyatli, Vatan taqdiriga daxldorlik hissi yuqori bo‘lgan, o‘z navbatida jamiyat hayotida faol ishtirok etadigan fuqarolarni tarbiyalashning ustuvor yo‘nalishlari atroflicha ko‘rib chiqildi.

📇 Shuningdek, konsepsiyani hayotga samarali tatbiq etish mexanizmlari, idoralararo hamkorlikni kuchaytirish va tizimli ishlarni tashkil etish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.

😄 Bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida konsepsiya loyihasini yanada takomillashtirish, uning amaliy samaradorligini oshirish hamda belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.

Rasmiy sahifalarimiz👇

🚨telegram | 📎Facebook

📺YouTube | 👚Instagram