Ikki xalqni ma’rifat bilan birlashtirgan olim

Tarixni anglash, madaniyatni asrash va xalqlarni yaqinlashtirish — ma’rifatning eng ulug‘ vazifalaridan biri. Turkiyalik taniqli olim va davlat arbobi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilari jamiyatining faxriy a’zosi Kemal Yavuz Ataman ana shu ezgu maqsad yo‘lidagi fidokorona xizmatlari bilan O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi ilmiy-madaniy aloqalar rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Uning O‘zbekiston tarixi, madaniyati va ma’naviy qadriyatlarini Turkiyada keng targ‘ib etish borasidagi sa’y-harakatlari yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq, Kemal Yavuz Ataman “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi. Shuningdek, unga Renessans universitetining faxriy professori unvoni berildi.

Rasmiy sahifalarimiz👇

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram