Ikki xalqni maʼrifat bilan birlashtirgan olim

Tarixni anglash, madaniyatni asrash va xalqlarni yaqinlashtirish — maʼrifatning eng ulug‘ vazifalaridan biri. Turkiyalik taniqli olim va davlat arbobi, “Maʼrifat” targʻibotchilari jamiyatining faxriy aʼzosi Kemal Yavuz Ataman ana shu ezgu maqsad yoʻlidagi fidokorona xizmatlari bilan Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi ilmiy-madaniy aloqalar rivojiga munosib hissa qoʻshib kelmoqda.

Uning Oʻzbekiston tarixi, madaniyati va maʼnaviy qadriyatlarini Turkiyada keng targʻib etish borasidagi saʼy-harakatlari yuksak eʼtirofga sazovor boʻldi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq, Kemal Yavuz Ataman “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi. Shuningdek, unga Renessans universitetining faxriy professori unvoni berildi.

Rasmiy sahifalarimiz👇

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram