'iston

Qoraqalpogʻistonga xizmat safari davomida Markaz rahbari Otabek Hasanov kitobxonlik, maʼnaviy tarbiya va milliy qadriyatlarni asrab-avaylashga qaratilgan qator uchrashuv va muloqotlar oʻtkazdi.

Nukus shahrida hududlardagi Axborot-kutubxona markazlari rahbarlari bilan muloqotda yoshlar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaaga qiziqishni oshirish, kutubxona fondlarini zamonaviy va mazmunli adabiyotlar bilan boyitish hamda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Qoʻngʻirot tumanidagi Axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan tanishuv chogʻida 400 mingdan ortiq kitobdan iborat boy fond, mavjud imkoniyatlar va yechimini kutayotgan masalalar atroflicha oʻrganildi.

Kutubxonaga Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan chop etilgan kitoblar sovgʻa qilinib, shu yerning oʻzida «Maʼnaviyat burchagi» tashkil etildi.

Keyingi manzil — yoshlar sayilgohi. Bu yerdagi «Maʼnaviyat yoʻlagi», «Xotira maydoni» va Maʼnaviyat maskani faoliyati bilan tanishildi.

Maʼnaviyat maskanida faxriy nuroniylar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Suhbatning asosiy mazmuni — yoshlarga hayot sabogʻini yetkazish, ularni vatanparvarlik va maʼnaviy-axloqiy ruhda tarbiyalashda nuroniylarning boy hayotiy tajribasidan samarali foydalanish.

Uchrashuv davomida milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va anʼanalarimizni keng targʻib etishga qaratilgan «Mushoira», «Maʼrifatli buvijon» kabi maʼnaviy-maʼrifiy loyihalar taqdimoti bilan tanishildi. Ularni yanada mazmunan boyitish va yoshlar uchun taʼsirchanligini oshirish boʻyicha takliflar bildirildi.

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram