'iston

Qoraqalpog‘istonga xizmat safari davomida Markaz rahbari Otabek Hasanov kitobxonlik, ma’naviy tarbiya va milliy qadriyatlarni asrab-avaylashga qaratilgan qator uchrashuv va muloqotlar o‘tkazdi.

Nukus shahrida hududlardagi Axborot-kutubxona markazlari rahbarlari bilan muloqotda yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaaga qiziqishni oshirish, kutubxona fondlarini zamonaviy va mazmunli adabiyotlar bilan boyitish hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Qo‘ng‘irot tumanidagi Axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan tanishuv chog‘ida 400 mingdan ortiq kitobdan iborat boy fond, mavjud imkoniyatlar va yechimini kutayotgan masalalar atroflicha o‘rganildi.

Kutubxonaga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan chop etilgan kitoblar sovg‘a qilinib, shu yerning o‘zida «Ma’naviyat burchagi» tashkil etildi.

Keyingi manzil — yoshlar sayilgohi. Bu yerdagi «Ma’naviyat yo‘lagi», «Xotira maydoni» va Ma’naviyat maskani faoliyati bilan tanishildi.

Ma’naviyat maskanida faxriy nuroniylar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Suhbatning asosiy mazmuni — yoshlarga hayot sabog‘ini yetkazish, ularni vatanparvarlik va ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalashda nuroniylarning boy hayotiy tajribasidan samarali foydalanish.

Uchrashuv davomida milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizni keng targ‘ib etishga qaratilgan «Mushoira», «Ma’rifatli buvijon» kabi ma’naviy-ma’rifiy loyihalar taqdimoti bilan tanishildi. Ularni yanada mazmunan boyitish va yoshlar uchun ta’sirchanligini oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram