JAMOAVIYLIK — SAMARALI FAOLIYAT ASOSI

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qashqadaryo viloyati boʻlimida xodimlar oʻrtasida "Shaxsiy va jamoaviy masʼuliyatni oshirish" mavzusidagi seminar-trening koʻtarinki kayfiyatda davom etmoqda.

Trening davomida ishtirokchilar psixologlar tomonidan tashkil etilgan interfaol mashgʻulot va amaliy topshiriqlarda faol ishtirok etdilar. Mashgʻulotlar orqali jamoada oʻzaro ishonchni mustahkamlash, bir-birini qoʻllab-quvvatlash, samarali muloqot qilish hamda umumiy maqsad sari hamjihatlikda harakat qilish koʻnikmalari yanada rivojlantirilmoqda.

Ahil va hamjihat jamoa — yuqori natijalar garovi!