JAMOAVIYLIK — SAMARALI FAOLIYAT ASOSI
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyati bo‘limida xodimlar o‘rtasida "Shaxsiy va jamoaviy mas’uliyatni oshirish" mavzusidagi seminar-trening ko‘tarinki kayfiyatda davom etmoqda.
Trening davomida ishtirokchilar psixologlar tomonidan tashkil etilgan interfaol mashg‘ulot va amaliy topshiriqlarda faol ishtirok etdilar. Mashg‘ulotlar orqali jamoada o‘zaro ishonchni mustahkamlash, bir-birini qo‘llab-quvvatlash, samarali muloqot qilish hamda umumiy maqsad sari hamjihatlikda harakat qilish ko‘nikmalari yanada rivojlantirilmoqda.
Ahil va hamjihat jamoa — yuqori natijalar garovi!